Breaking! Akmal Mozgovoy O'zbekistonga qaytmoqda
"Baniyas" jamoasi safida to‘p surayotgan Akmal Mozgovoy Superligaga qaytish arafasida.
SPORTS.uz sayti ma’lum qilishicha, 26 yoshli yarim himoyachini "Andijon" yoki "Paxtakor" klublari ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Avvalroq futbolchi bilan "Andijon" klubi vakillari uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingan edi. Ayni paytda Mozgovoy "sherlar" va "burgutlar" o‘rtasida o‘z tanlovini amalga oshirishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Akmalning BAA klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. U biroz oldin bo‘lib o‘tgan"Baniyas" — "Al-Bataeh" uchrashuvida maydonga tushmadi.
Fikrlar