
Bu futbolchi “Real”ga ham, “Barsa”ga ham bormaydi!
“Manchester Siti” xo‘jayinlarining argentinalik hujumchi Xulian Alvaresdan umidi katta. Bu o‘yinchiga “Real” va “Barselona” kabi grand klublar ko‘z tikmoqda.
Ma’lumki, “shaharliklar” safida asosiy yulduz mavqeini Erling Xoland band qilib qo‘ygan. Xulian Alvares ko‘pinchi norvegiyalik to‘purarning soyasida qolib ketyapti va ayrim vaziyatlarda u etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.
Bu vaziyatni kuzatib borayotgan “Real”, “Barselona” va “Bavariya” o‘tgan mavsumdan beri jahon chempionini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Shunga qaramay, manchesterliklar 23 yoshli futbolchi jamoada qolishini ishonch bilan ta’kidlayapti.
Alvaresning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan. Xaridor jamoalar uni 80 million evrodan ortiq mablag‘ evaziga sotib olmoqchi. Bu haqda Football Insider nashri xabar tarqatdi.
Fikrlar