Bu klubda qolmayman!
Angliya Premier-ligasida qolish uchun kurashishga majbur bo‘lib qolgan “Tottenxem”ning yetakchi himoyachisi Mikki van de Ven klubi bilan yangi shartnomani muhokama qilishdan bosh tortdi.
“Tottenxem” joriy mavsum Premier-ligada juda zaif o‘yin ko‘rsatmoqda va hozir tushib ketish hududidan atigi to‘rt ochko yuqorida joylashgan, Yangi yildan beri g‘alaba qozona olmayapti.
Mavjud vaziyatda Mikki van de Ven klub uni besh yillik yaxshilangan shartnoma bilan taqdirlashni istagan bo‘lsa-da, kelajagini muhokama qilishni no‘rin, deb hisobladi.
Hatto “Tottenxem” Premier-ligada qolgan taqdirda ham, “shporlar” uchun niderlandiyalik himoyachini tarkibda saqlab qolish oson bo‘lmaydi. Givemesport ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi kelasi yozda klubini o‘zgartirishni maqsad qilgan.
Mikki van de Venga “Liverpul”, “Real” va “Barselona” qiziqish bildirmoqda, ammo “Tottenxem” Mikki uchun taxminan 100 million funt talab qilishni ko‘zlab turibdi.
Fikrlar