Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Bu transfer 150 million evroga tushadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Katta ish bo‘ladi

Angliya Premer-ligasining eng badavlat klublaridan hisoblangan “Chelsi” jamoasi o‘z byudjetiga 150 million evro miqdorida kirim qilishi kutilyapti.

Fichajes nashrining yozishicha, Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” londonliklar safida o‘ynayotgan Entso Fernandes uchun katta xarajat qilishga tayyor.

Parij klubi bu transfer uchun “aristokratlar”ga 125 million evro miqdorida badal puli to‘lamoqchi. Qo‘shimcha bonuslar bilan bu savdo 150 million evroga ko‘tarilishi mumkin.

“Chelsi” argentinalik jahon chempioni bilan amaldagi shartnomani 2032 yilning yozigacha uzaytirgan. 24 yoshli futbolchini  transfermarkt portali 75 million evroga baholagan.

Amalda esa, parijliklar mahoratli yarim himoyachi uchun ikki baravar narx to‘lashiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q