Asosiy mazmunga oʻtish

Bu xabar Messi muxlislariga yoqmaydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Vaziyat chatoq

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi o‘ynayotgan “Inter Mayami” klubi rasmiylari argentinalik yulduzning ahvoliga oid ma’lumot chiqardi.

Ma’lumki, 38 yoshli futbolchi Ligalar kubogi musobaqasi doirasida “Nekaksa” klubiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning 11-daqiqasida  jarohat olib, maydonni erta tark etgandi.

- Tekshiruvlar natijasi Messining o‘ng oyoq mushaklari shikastlanganini ko‘rsatdi. Uning qachon maydonga qaytishi klinik vaziyatdan kelib chiqib hal qilinadi, - deyiladi klub bayonotida.

Lionel Messi mavsumni juda sermahsul o‘tkazmoqda. “Inter Mayami” etakchisi MLS o‘yinlarida 18 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 18 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga o‘nta golli pas uzatgan edi. Biroq argentinalik yulduz Ligalar kubogini ikkita uchrashuvida o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q