Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat

Bugun Germaniyada "Freestyle Chess-2025" start oladi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Unda hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bilan bahslarga kirishadi.

Xabaringiz bor, bugun Germaniyaning Vaysenxaus shahrida "Freestyle Chess-2025" turniri start oladi. 

Unda hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bilan bahslarga kirishadi. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 750 ming dollarni tashkil qiladi. Turnir 7-17 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Formati esa davra bosqichi. Aylana tizimda bir shaxmatchi qolgan hamma ishtirokchilar bilan rapid formatida bellashadi va TOP-8 ishtirokchilar pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Pley-off bosqichida har bir match ikki klassik partiyadan iborat bo‘ladi. Agar 2 match natijasiga ko‘ra hisob teng bo‘lsa, g‘olib taybrekda aniqlanadi. Vaqt nazorati: 90 daqiqa + har bir yurishga 30 soniya (90+30). 

Turnir tarkibi bilan tanishing:

Javohir Sindarov
Nodirbek Abdusattorov
Magnus Karlsen
Levon Aronian 
Vintsent Keymer
Gukesh Dommaraju
Fabiano Karuana
Hikaru Nakamura
Alireza Firouzja
Vladimir Fedoseev

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q