
Bugun "Grenke Chess Open 2025" turniri start oladi
Bugun Germaniyada shaxmat bo‘yicha dunyodagi eng katta ochiq turnirlardan biri "Grenke Chess Open 2025" musobaqasi start oladi.
Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov ham qatnashadi. Musoabaqaning mukofot jamg‘armasi 225 000 evroni tashkil qiladi 17–21 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa formati shvetsarcha tizimda 9 tur o‘yinlar bo‘lib o‘tadi va g‘olib ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlanadi. Vaqt nazorati: 90+30 (Butun o‘yin uchun 90 daqiqa beriladi va har bir yurish uchun 30 soniya qo‘shib boriladi)
Turnirda umumiy 900 ta shaxmatchi qatnashadi va ular orasidagi 17 ta shaxmatchi 2700 dan yuqori reyting ochkoga ega bo‘lganlar hisoblanadi.
Parijda bo‘lib "Freyestyle Chess Grand Slam Paris-2025" g‘olibi Magnus Karlsen, ishtirokchilar Fabiano Karuana, Ian Nepomniachtchi, Arjun Erigaisi ham turnirda qatnashadi.
Turnir tarkibi bilan tanishing:
Javohir Sindarov
Magnus Karlsen
Fabiano Karuana
Arjun Erigaisi
Ian Nepomniachtchi
Aravind Chitambaram
Shaxriyar Mamedyarov
Uesli So
Levon Aronyan
Fikrlar