
Bugun ikki bokschimiz final jangida ringga ko‘tariladi
Rossiyaning Sochi shahrida qariyb bir hafta davom etgan boks bo‘yicha "Liga stavok" turnirida bugun final janglari bo‘lib o‘tadi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Murat Gassiev va Sultan Ibragimov jamoalari finalga qadar etib keldi. E’tiborli jihati, bugun Murat Gassiev jamoasi tarkibida ikki nafar bokschilarimiz ham chempionlik uchun bahs olib boradi. 59 kg vazn toifasida Osiyo chempionati sovrindori Shukurjon Rahimov Arshak Tovmasyanga qarshi ringga chiqsa, 75 kg vaznda O‘zbekiston chempioni Odiljon Aslonov Murad Rabadanovga qarshi bahs olib boradi.
"Finalda oddiy raqibning o‘zi bo‘lmaydi. Umuman olganda, bu turnirda oddiy bokschilar qantashgani yo‘q. Final jangida murabbiylar menga ishonch bildirgan ekan, g‘alaba qozonib ularning ishonchini oqlamoqchiman."- dedi Odiljon Aslonov.
Turnir davomida bokschilarimiz bilan Ravshan Xo‘jaev ham murabbiy sifatida ish olib bordi. Biz jang oldidan Xo‘jaevning ham fikrlari bilan qiziqdik.
"Bokschilarimiz holati hozirda yaxshi. Jamoviy muhim ham a’lo darajada. Turnir davomida Sultan Ibragimov jamoasi fovaritlardan biri edi. Ammo bizning jamoamiz ham g‘alaba uchun ringga ko‘tariladi. Bugun bokschilar nafaqat o‘zlari balki, butun jamoa va muxlislar uchun jang olib boradi. Bizga bildirilgan ishonchni oqlash maqsadidamiz."- deydi Xo‘jaev.
Bugun final janglari Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi. Jang kechasi Match TV va Boets TV kanalida jonli translyatsiya qilinadi. Hamyurtimizga omad tilab qolamiz!
Fikrlar