Bugun ITKF karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogi start oladi
Joriy yilning 2-3 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 545-sonli qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasining 2021 yilgi kalendar rejasiga asosan, Toshkentdagi “Universal” sport arenasida ITKF karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogi tashkil etiladi.
Musobaqa o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnir Xalqaro an’anaviy karate federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan, 20-21 noyabr kunlari poytaxtimiz mezbonligidagi Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiluvchilarni tanlab olishda o‘ziga xos saralash vazifasini o‘tab beradi.
Shu bilan birga 2022 yilgi xalqaro turnirlar va rasmiy musobaqalarda ishtirok etuvchi terma jamoa tarkibini aniqlab olish uchun ham asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston kubogi mobaynida 396 ta medallar jamlanmasi o‘z egalariga topshiriladi. Shuningdek, g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan ham taqdirlanadi.

Fikrlar