Bugun Ravshan Ermatov finalda hakamlik qiladi

  • 28 avgust, 2019, 15:38
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida “Charm to‘p-2019” an’anaviy futbol musobaqasining Respublika bosqichi yakunlanib, finalchilar aniqlandi.

Ilk bora tashkil etilgan “Charm to‘p-2019” an’anaviy turnirining hal qiluvchi bellashuvida Navoiy viloyatining “Kelachi” hamda Toshkent shahrining “Iqbol” jamoalari o‘zaro bellashadi. Finalni esa FIFA referisi O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshqaradi. O‘yin bugun soat 18:00da “Milliy” stadionda o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida, final o‘yini oldidan muxlislar teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari hamda o‘yindan so‘ng o‘zbek estrada yulduzlari ishtirokidagi kontsert dasturidan bahramand bo‘lishadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!