Bugun Yaxshiboev Evropa Ligasida debyut qiladi

  • 27 avgust, 2020, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “ko‘hna qit’a”ning ko‘plab jamoalar Evropa Ligasi saralash turnirining birinchi bosqich uchrashuvlarini o‘tkazadi. UEFA tomonidan joriy qilingan qoidaga binoan, bu raund bitta o‘yindan iborat bo‘ladi va kuchlar teng kelgan taqdirda qo‘shimcha vaqt belgilanadi. Shunda ham g‘olib aniqlanmasa, penaltilar seriyasi o‘tkaziladi. G‘oliblar ikkinchi bosqichga yo‘llanma oladi.

Tecno

Qit’aning ikki nufuzli turniridan biri bo‘lgan musobaqa finaliga 2021 yilning 26 may kuni Polshaning Gdansk shahri mezbonlik qiladi.

O‘zbekistonlik legioner Jasur Yaxshiboev to‘p surayotgan Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi saralash turnirining dastlabki uchrashuvida o‘z maydonida Moldovaning “Sfintul-George” jamoasi bilan kuch sinashadi.

000028_1595853629_400096_big

Ayni paytda Belarusda futbol ekspertlari, jurnalistlar va muxlislar jamoalarning imkoniyatlarini tahlil qilishga e’tibor qaratmoqda. Ushbu mamlakat futbolini yoritishga ixtisoslashgan “Pressbol” nashri mutaxassislari mamlakatning eng qudratli klublaridan hisoblangan “Shaxtyor” dastlabki bosqichdan qiyinchiliksiz o‘tishiga ishonch bildirmoqda.

Nashr jurnalisti Nikolay Ivanov jamoa imkoniyatlari haqida gapirar ekan o‘zbek futbolchisi Jasur Yaxshiboevning o‘yiniga yuqori baho berdi.

- “Shaxtyor” Moldovadan kelgan raqibidan har tomonlama ustun. Ular o‘yinda moldovaliklarni jarima maydoniga “qamab” qo‘yadi. Chunki “Shaxtyor” hujum qilishni biladigan jamoa. Hujumchilardan Jasur Yaxshiboevning ajoyib driblinglari, Arxipovning aniq zarbalari g‘alabani ta’minlaydi, - deb yozadi Ivanov.

“Sfintul-George” jamoasida to‘p surayotgan Belarusning mashhur futbolchilaridan biri Roman Volkov ham mezbonlar moldovaliklardan o‘yin borasida ustunligini tan oldi. Bu futbolchi o‘z vaqtida “Slaviya” jamoasi tarkibida Belarus chempionati to‘purarlari bahsida ikkinchi bo‘lgan va “Minsk” jamoasi bilan mamlakat kubogida zafar quchgan. U har ikki chempionatda o‘ynagani bois jamoalar imkoniyatini yaxshi biladi.

20200825011936

- Pandemiya davrida faqatgina Belarus chempionati davom ettirilgan paytda butun dunyodagi muxlislar kabi biz ham ushbu mamlakat jamoalari o‘yinlarini tomosha qildik. “Shaxtyor” hozir Belaruslarning eng kuchli jamoasi ekanini bilamiz. Ayniqsa, soligorskliklarning hujumi juda kuchli. Aslida bu xususiyat Belarus futboliga xos emas. Lekin bu jamoaning oldingi chizig‘ida o‘zbekistonlik legioner Jasur Yaxshiboev o‘ynaydi, - dedi “Sfintul-George” hujumchisi Roman Volkov.   

Evropa Ligasi saralash turnirining birinchi bosqichidagi “Shaxter” - “Sfintul-George” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

“Paxtakor” futbolchisi Evropaga yo‘l olmoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
FANAT-MYU
27/08/2020 17:52
Chiroyli o‘yi chiroyli gollar kutib qolamiz Olg‘a Jasur olg‘a ukam