Bugun Zagrebda 5 nafar dzyudochimiz kurashadi
Bugun Zagreb Gran-prisi yakunlanadi
Xorvatiya poytaxtida bugun dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasi o‘z yakuniga etadi. Reglamentga ko‘ra bugun og‘ir vaznli dzyudochilar bahsi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Ushbu kun bahslarida terma jamoamiz shafarini besh nafar vakilimiz himoya qiladi. Vakillarimizning dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-90 kg: Doston Meyliev – Tsuven Van (Xitoy) / Joy Jayne (AQSh)
-90 kg: Shahzod Sobirov – Dmitro Berejni (Ukraina)
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Zelim Kotsoiev (Ozarbayjon)
+100 kg: Bekmurod Oltiboev – Xorun Sadikovich (Bosniya va Gertsegovina)
+100 kg: Alisher Yusupov – Vito Dragich (Sloveniya)
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning birinchi kun bahslarida hamyurtimiz Sharofiddin Lutfillaev -60 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.


Izohlar (0)