Bunaqa iste'fo APL tarixida ilk marotaba rўy berdi
Angliya Premier-ligasining eng badavlat va qudratli klublaridan biri hisoblangan “Chelsi” qoniqarsiz natijalar ortidan bosh murabbiy Enzo Mareskani lavozimidan ozod etdi.
Shu tariqa, italyalik mutaxassis Angliya Premier-ligasining 1992 yildan beri boshlangan tarixida yangi yil kuni ishdan bo‘shatilgan birinchi murabbiy sifatida qayd etildi.
Bu haqida Opta statistika markazi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Bugun, 1 yanvar kuni, “Chelsi” Jnco Mareska bilan hamkorlik tugatilganini rasmiy e’lon qildi.
Mareska ilgari “Lester”, “Parma” va “Manchester Siti” klublarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan edi.
Enzo Mareska qo‘l ostida “Chelsi” joriy mavsumda chempionatning 19 ta uchrashuvida 30 ochko jamg‘ardi. Jamoa musobaqa peshqadami “Arsenal”dan 15 ochkoga ortda bormoqda.
Fikrlar