"Buxoro"ning o‘yini qoldirildi
"Buxoro" jamoasi ayni damda Turkiyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bugun Xomyakov shogirdlari kunning birinchi qismida Rossiyaning "Kosmos" jamoasiga qarshi nazorat o‘yinida ishtirok etishi kerak edi. Ushbu bahs qoldirildi.
"Ayni vaqtda Antaliya shahrida yog‘ayotgan kuchli yomg‘ir va noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Buxoro” jamoasining 13:30 da belgilangan uchrashuvi bekor qilindi", - deya xabar berdi klub matbuot xizmati.
Jamoa kunning ikkinchi qismida Gruziyaning "Spaeri" bilan o‘ynaydi.
Fikrlar