"Chelsi" Estevao bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi
Aslida futbolchi ketmoqchi edi
Londonning «Chelsi» klubi braziliyalik vinger Estevao Villianga yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda ESPN Brasil nashri o‘z manbasiga tayanib.
Bu qaror futbolchining Xabi Alonso qo‘l ostida maydonga tushish vaqtidan qoniqmayotganiga qaramay qabul qilingan. Avvalroq ommaviy axborot vositalarida, agar hozirgi holat o‘zgarmasa, 19 yoshli vinger qishki transfer oyida, ya’ni yanvarda jamoani tark etish haqida o‘ylab ko‘rishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Estevaoning amaldagi shartnomasi 2033 yil yozigacha mo‘ljallangan. Shunga qaramay, «Chelsi» rahbariyati uni klubning uzoq muddatli loyihasida muhim figura sifatida ko‘rmoqda va 2027 yilda sotish variantni umuman ko‘rib chiqmayapti. London klubi futbolchining rivojlanish jarayonini ehtiyotkorlik bilan boshqarishni rejalashtirmoqda va mavsum davomida uni yaxshilangan shartnoma bilan rag‘batlantirishni maqsad qilgan.
Joriy mavsumda Estevao Angliya Premer-ligasida bor-yo‘g‘i 16 daqiqa maydonga tushdi. Liga kubogi doirasida «Lids»ga qarshi o‘yinda esa u birinchi bo‘lim yakunlangach almashtirib yuborilgan. O‘tgan mavsumda esa vinger 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 4 ta golli pas bergan.

Izohlar (0)