"Chelsi" katta narxga supero'yinchi olyapti
«Kristal Pэlas» jamoasining markaziy yarim himoyachisi Adam Uorton yaqin kunlarda «Chelsi» safiga o‘tishi mumkin. Bu haqida sobiq futbol agenti, hozirda jurnalist sifatida faoliyat yuritayotgan Jon Xerriott ma’lum qilgan.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, londonlik «aristokratlar» 86 million yevro evaziga Adam Uorton transferi bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi. Ishonchli manbalarga tayanib aytishicha, futbolchining o‘zi ham «Chelsi»ga o‘tishni istayapti, chunki u katta ambitsiyaga ega klubda o‘ynashni maqsad qilgan.
Shu bilan birga, «Kristal Pэlas» va «Chelsi» himoyachi Aksel Disasi transferi bo‘yicha ham muzokara olib bormoqda. Bu bitim 23 million yevro atrofida baholanmoqda. Biroq klublar o‘rtasidagi ushbu kelishuv Adam Uorton bo‘yicha muzokaralarga bog‘liq emasligi ta’kidlanmoqda.
O‘tgan mavsumda Adam Uorton barcha musobaqalarni hisobga olganda 53 ta o‘yinda maydonga tushdi, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va yetti marta golli pas muallifiga aylandi.

Fikrlar