“Chelsi” kutgan murabbiy Londonga yetib keldi

  • 05.01.2026 09:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Hozirga qadar Fransiya chempionatida “Strasburg” jamoasini boshqarib kelgan Liam Rozenyor yaqin vaqt ichida “Chelsi” bosh murabbiyi etib tayinlanadi.

Angliyalik mutaxassis allaqachon Londonga yetib kelgan va klub rahbariyati bilan muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi.

Insayder Fabrizio Romanoning ma'lum qilishicha, Rozenyor yaqin 24 soat ichida “aristokratlar” rahbariyati bilan yakuniy uchrashuvni o‘tkazadi. Shundan so‘ng uning bosh murabbiylikka tayinlanishi haftaning oxiriga qadar rasmiy e'lon qilinishi mumkin.

Fransiya klubida esa 41 yoshli murabbiyga o‘rinbosar qidirish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1 yanvar kuni “Chelsi” bosh murabbiy Enzo Mareska bilan xayrlashgan edi. Usiz o‘tkazilgan birinchi o‘yinda londonliklar «Manchester Siti» bilan durang o‘ynadi (1:1).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!