
"Chelsi" muxlislari uchun xushxabar
"Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer londonliklarning "Aston Villa"ga qarshi o‘yinida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
"Arristokratlar" Palmer ishtirok etmagan bellashuvda "Arsenal"dan javobsiz 5 ta gol o‘tkazib mag‘lub bo‘lgandi.
Palmer "ko‘klar"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Ushbu mavsumda 21 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Aston Villa” – “Chelsi” uchrashuvi 27 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar