"Chelsi" to'rt futbolchi ketishini e'lon qildi
Angliya Premier-ligasida ishtirok etayotgan Londonning mashhur "Chelsi" klubi tarkibdagi bir qator o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 30 iyunda shartnomalari muddati tugayotgan sababli jamoani to‘rt nafar futbolchi tark etadi.
Brodi Hyuz, Richard Olise, Sэм Rak-Saki va Jimi Tauriaynen yozda o‘ziga boshqa jamoa topishi talab etiladi.
"Aristokratlar" chempionatni 10-o‘rinda yakunladi va kelasi mavsum Yevropa kuboklarida ishtirok etmaydi.
Jamoa yangi tayinlangan bosh murabbiy Xabi Alonso qisqa fursatda yuqori maqsadlar va nufuzli sovrinlar uchun kurashadigan yangi loyihani boshlashi kutilmoqda. Bu jarayonda jamoa tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi.

Fikrlar