“Chelsi”ga o‘tganim ma’qul

  • 28.01.2026 17:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Fransiya chempionatida porlay boshlagan “Renn” himoyachisi Jeremi Jake Evropaning bir qator grand klublari nazariga tushgan va transfer ro‘yxatlariga kiritilmoqda.

O‘ziga turli jamoalardan qiziqish bo‘layotganiga qaramay, Jake Angliya Premer-ligasi vakillaridan “Chelsi”ga ko‘chib o‘tishga moyillik bildirdi.

Sky Sports xabariga ko‘ra, “Chelsi” yanvar oyidayoq Jakeni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo “Renn” yetakchi o‘yinchilaridan birini mavsum oxirigacha saqlab qolish niyatidan qaytmayapti.

Jakega qiziqish bildirgan boshqa klublar orasida “Liverpul” va “Bavariya” kabi amaldagi chempionlar ham bor, ammo 20 yoshli fransuz “Renn” rahbariyatiga faqat “Chelsi”ga o‘tishni xohlashini aniq bildirgan.

“Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi Liam Rosenyor Jake haqida yuqori fikrda. Bu mutaxassis sobiq klubi “Strasburg”da ishlagan paytda Fransiya chempionati davomida Jakening o‘yinlarini bevosita kuzatgan.

Hozir “Renn” Jakeni 56 million funtga baholamoqda, ammo “Chelsi” buncha mablag‘ to‘lashga tayyor emas va ikki zahira variantini ham ko‘zda tutmoqda. Agar “aristokratlar” fransiyaliklarni narxni pasaytirish va o‘yinchini yanvarda qo‘yib yuborishga ko‘ndira olmasa, e’tiborini “Bornmut”dan Markos Senesi va “Komo”dan Xakobo Ramonni olishga qarataди.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!