"Chelsi"ning yangi murabbiyi "Real" yulduzini olib kelmoqchi

  • 12.01.2026 16:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

 

Londonning "Chelsi" klubi yangi bosh murabbiyi Liam Rosenyor yanvar oyidagi transfer oynasida jamoa tarkibini kuchaytirmoqchi. Bu haqida Fichajes jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ma'lum bo'lishicha, mutaxassis "Liverpul"ning sobiq a'zosi, hozirda "Real" sharafini himoya qilayotgan Trent Aleksandr-Arnoldni "Stemford Brij"da ko'rmoqchi. Rosenyor yulduz futbolchini mavsum oxirigacha - 2025/2026 ijaraga olishni mo'ljallamoqda.

27 yoshli himoyachi o'tgan yozda "qaymoqranglilar" safini to'ldirib, 6 yillik mehnat shartnomasini imzolagan edi. Ingliz lateralining bozor narxi 70 million yevroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!