
Chempionning jangi qoldirildi
UFC ikki divizionining chempioni Amanda Nunes va engil vazn toifasi a’zosi Megan Anderson o‘rtasida rejalashtirilgan bellashuv "UFC 256" turniri doirasida o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
ESPN muxbiri Bred Okamotoning dastlabki hisobotidan so‘ng, Nunesning jarohati tufayli jangning bekor qilinishi tasdiqlandi.
Nunesning tezda tiklanishi kutilmoqda, chunki UFC 2021 yilning boshida jangni qayta rejalashtirayotgani haqida Anderson o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.
"UFC 256" turnirining asosiy kardida engil vazn toifasidagi chempion Petr Yan Aljameyn Sterlingga qarshi o‘zining birinchi himoya jangini o‘tkazadi.
Fikrlar