Dastan Satpaevga "Chelsi"da qolish shartini aytishdi

  • 02.08.2026 19:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Britaniyaning The Chelsea Chronicle nashri Qozog‘istonlik yosh hujumchi Dastan Satpaevning «Chelsi» tarkibidagi istiqbollarini tahlil qildi. 

Material muallifi Uill Butcher fikricha, 17 yoshli forvard asosiy jamoada mustahkam o‘rin egallashi uchun «Chelsi» yozgi transfer oynasi yopilguncha bir necha hujumchisi bilan xayrlashishi kerak bo‘ladi.

- Yoshi inobatga olinsa, Satpaevning bu yozda «Chelsi»da qolishi kutilmagan holat bo‘lishi mumkin. Ammo londonliklar Liam Delap, Jekson va Mark Giuni osongina sotishi ehtimoldan xoli emas. 

Fabrizio Romano Emega ham jamoani tark etishi mumkinligini aytmoqda. Agar shu to‘rt futbolchidan ikkita yoki uchtasi dedlaynga qadar „Chelsi“ni tark etsa, bu, shubhasiz, Satpaev uchun Alonso rejalariga kirish yo‘lini ochib beradi. 

Lekin agar klub kamida ikkitasini ham sotishga erishmasa, Satpaevni ijaraga jo‘natish to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Yaqin haftalarda juda ko‘p voqealar ro‘y beradi: mavsum boshlanguniga qadar «Chelsi»  10 nafar gacha futbolchini sotishi kutilmoqda. Shunga qaramay, Satpaev «Stemford Brij»da qolishga arziyadigan futbolchi ekanini isbotlamoqda, — deya yozadi nashr.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonlik hujumchi «Chelsi» safidagi debut o‘rtoqlik uchrashuvida «Western Sidney Vonderers»ga qarshi bahsda (6:4) gol urgandi. Keyinchalik u «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda (1:2) zahiradan maydonga tushirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!