David De Xea «Yuventus»ga o‘tishi mumkin

  • 01.06.2026 22:17
  • Соғиндиқ Кенжебаев
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning mashhur klubi «Yuventus» sobiq «Manchester Yunayted» darvozaboni David de Xeani jamoaga taklif etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda,

Turinliklar asosiy e’tiborni ispaniyalik posbonga qaratdi. Bungacha klubning asosiy varianti sifatida «Liverpul» darvozaboni Alisson ko‘rilgan, ammo muzokaralar kutilgan natija bermagan. Mersisayd klubi yangi bosh murabbiy tayinlanmaguncha braziliyalik darvozabonni sotish yoki ijaraga berish masalasini ko‘tarmasligini ma’lum qilgan.

Shuning ortidan de Xea «Yuventus» darvozabonlar qatorini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biriga aylandi.

O‘tgan mavsumda 35 yoshli ispaniyalik posbon «Fiorentina» sharafini himoya qildi. U barcha musobaqalarda jami 46 o‘yinda maydonga tushib, 59 gol o‘tkazib yubordi va 13 uchrashuvni darvozasini daxlsiz saqlagan holda yakunladi.

Ma’lum qilinishicha, de Xeaning Florensiyadagi ishonchli o‘yini yana bir bor Yevropa grandi klublarining e’tiborini tortgan. Endi tajribali darvozabon Italiyaning eng sovrindor jamoalaridan biri safida faoliyatini davom ettirishi mumkin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!