De Xea APLga qaytishi mumkin

  • 05.12.2023 12:57
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Ayni damda erkin agent bo‘lib turgan David de Xea APLga qaytishi mumkin. Unga "Nyukasl" klubi qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi  "Daily Mail" nashri. 

Ma’lum bo‘lishicha, "qarg‘alar"ning asosiy posboni Nik Poup uzoq muddatga safdan chiqdi. U "Manchester Yunatyed"ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi. Jamoa esa inglizning o‘rniga yangi darvozabon izlamoqda va variantlar orasida De Xea ham bor. 

Eslatib o‘tamiz, David 2023 yilning yozida "qizil iblislar" bilan xayrlashib, erkin agentga aylangandi. Unga Saudiya va Ispaniyadan bir nechta taklilar kelishiga qaramay hozircha hech qaysi klub bilan shartnoma imzolamadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!