Debyutant ilk g‘alabasiga “o‘rmon”da erishdi

  • 20.09.2026 09:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasining 5-turidan o‘rin olgan «Nottingem Forest» va «Koventri» o‘rtasidagi uchrashuv debutant jamoa g‘albasi bilan yakunlandi.

Jamoalar Nottingemdagi «Siti Graund» stadionida bahs olib bordi. Uchrashuvni avstraliyalik bosh hakam Jarred Jillett boshqardi. Frenk Lempard shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 55-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Jey Dasilva gol urdi. 87-daqiqada “o‘rmonchilar”ning braziliyalik hujumchisi Igor Jezus javob to‘pini kiritdi, ammo hujumda qoidabuzarlik sodir etilgani sababli gol bekor qilindi.

Shu tariqa, «Koventri» 2026/2027 yilgi mavsumdagi ilk uch ochkosini qo‘lga kiritdi. APLdagi dastlabki to‘rt turda jamoa to‘rtta mag‘lubiyatga uchragan edi. Lempard shogirdlari turnir jadvalida 18-o‘ringa ko‘tarildi. «Nottingem Forest» esa besh ochko bilan 12-o‘rinda qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!