Dembele: "Og‘ir mehnat o‘z samarasini berdi"

  • 17.12.2025 00:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ jamoasining hujumchisi Usmon Dembele 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida FIFA tomonidan taqdim etilgan "The Best" mukofotiga munosabat bildirdi.

Tecno

28 yoshli Frantsiya terma jamoasi vingeri parijliklar safida Chempionlar ligasi, Frantsiya chempionati, Frantsiya Kubogi, Superkubok va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan. Bugun u Doha shahrida "The Best" mukofotini qabul qilib oldi.

— Jamoadoshlarimning barchasiga minnatdorlik bildiraman. Og‘ir mehnat albatta o‘z samarasini beradi. Oilamga va PSJga rahmat aytaman, biz uchun juda ajoyib yil bo‘ldi.

Shuningdek, FIFA rahbari Janni Infantinoga ham tashakkur, u tug‘ilgan kunim munosabati bilan menga tabrik yo‘llagan edi.

Umid qilaman, kelasi yili ham bu erga qaytaman, — deya ta’rif berib o‘tdi frantsiyalik hujumchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!