Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Denis Istomin bugun yoshligini eslaydi

Zohir2018
Izohlar: 1

U 11 yildan buyon "Katta dubulg‘a" turkumidagi musobaqalarning asosiy davrasida ishtirok etayotgan edi. Biroq...

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin "Katta dubulg‘a" turkumidagi "Rolan Garros" turnirining saralash bosqichida germaniyalik Dastin Braunga qarshi kortga chiqadi. 

Denis 2008 yildan buyon ilk marotaba "Katta dubulg‘a" turniri saralashidan o‘z ishtirokini boshlaydi. Bungacha u so‘nggi marotaba aynan o‘sha yili "US Open" saralashida o‘ynagandi.

Istomin 2009 yilning yanvar oyidan boshlab (Avstraliya ochiq chempionati) ushbu tasnifdagi musobaqalarda faqat asosiy davradan ishtirok etib keldi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q