Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Denis Lebedev o‘z faoliyatini yakunladi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Rossiyalik professional boks yulduzlaridan biri katta sportni tark etdi.

Birinchi og‘ir vazn toifasida sobiq WBA va IBF kamarlari soxibi bo‘lgan rossiyalik bokschi Denis Lebedev 39 yoshida katta sportdagi faoliyatini yakunlashni e’lon qildi.

Rossiyalik bokschi professional boks olamiga 2001 yil kirib kelgan edi. Faoliyati mobaynida 32 ta g‘alabaga erishdi. Ikki bor, mag‘lubiyatga uchradi. G‘alabalarning 23 tasida nokaut qayd eta olgandi.

“ Haqiqiy erkak, er va ota sifatida oilamga diqqat qilishga, iloji boricha yaqin odamlarimga e’tibor qaratishga harakat qiladigan vaqt keldi”-deya sobiq chempion mazkur qaroriga izox berdi.

lebedev_vs

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q