Dibala o‘zi istagan maosh beradigan jamoa topolmayapti

  • 17 iyul, 2022, 12:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylangan Paulo Dibala hamon o‘ziga jamoa topa olgani yo‘q.

Tecno

A Seriyaning ancha baquvvat bo‘lgan klublari – “Inter” va “Milan” argentinalik hujumchining xizmatiga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidladi.

Hozircha, Dibalaga yana ikki klub – “Roma” va “Napoli” da’vogar bo‘lib turibdi. Lekin ularning hech biri argentinalik yulduz talab qilayotgan maoshni ko‘tara olmaydi. Xususan, Joze Mourino Dibala transferini talab qilayotganiga qaramay, klub unga har mavsum uchun 6 million evro maosh to‘lolmasligini bildirgan.

Avvalroq, Pauloga Angliya tomonlardan qiziqish bo‘lgan edi. Biroq 28 yoshli futbolchi Italiyada qolishni ma’qul ko‘rdi. Endi u yangi jamoa topishi uchun maoshi pasayishiga rozi bo‘lishga majbur.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!