Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Diego Simeone: "Bu g‘alaba juda muhim edi"

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Argentinalik mutaxassis jamoaning turnir jadvalidagi holatiga to‘xtalib o‘tdi

Ispaniya chempionatining 10-turida "Atletiko" safarda "Betis"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone o‘yin haqida fikr bildirdi:

"Biz juda yaxshi o‘yin namoyish etdik. Birinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik va hisobni 2:0 qildik. Tanaffusdan keyin aniqlik etishmadi, ammo hisobni saqlab qoldik. Bu g‘alaba ham biz uchun, ham La Liga jadvalidagi holatimiz uchun juda muhim", — dedi murabbiy matbuot anjumanida.

Shu tariqa, "Atletiko" 10 ta turdan keyin 19 ochko jamg‘ardi va Ispaniya chempionati jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q