Diego Simeone oʻziga boshqa superklub tanladi
Madridning “Atletiko” jamoasini 2011 yildan beri boshqarib kelayotgan argentinalik murabbiy Diego Simeone joriy mavsum yakunlangandan keyin boshqa klubga o‘tishi kutilmoqda.
55 yoshli mutaxassis Italiya ning eng qudratli klublaridan hisoblangan “Inter” rahbariyati bilan muzokaralarda dastlabki kelishuvga erishdi va Italiyaga yo‘l olishi mumkin.
Bu haqida El Chiringuito xabar berdi.
Avvalroq Simeone va “Atletiko” ning sport direktori Mateu Alemani o‘rtasidagi munosabatlar qishki transfer oynasidan keyin yomonlashgani va klub yangi bosh murabbiy izlashni boshlagani xabar qilingan edi.
“Atletiko” Simeonening qo‘l ostida jamoa ikki marta Ispaniya chempioni bo‘lgan va Yevropa Ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar