"Dinamo" BAAda kimlarga qarshi maydonga tushadi?

  • 07.01.2026 16:27
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Dinamo" BAAda Qozogʻiston va Rossiya klublariga qarshi maydonga tushadi. Bu haqida klub oʻzining rasmiy sahifasida maʼlum qildi.

"Dinamo" jamoasi 2026 yildgi mavsumga tayyorgarlik doirasida dastlabki xorij yigʻinini Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtkazadi.

Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoamiz 16-29 yanvar kunlari Abu-Dabi va Dubayda 4ta uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirgan. Hozirga kelib "Dinamo"ning 3ta oʻrtoqlik oʻyinidagi raqiblari maʼlum boʻlib ulgurgi.

Samarqand klubi dastlab 17 yanvar kuni Qozogʻistonning "Kaysar" klubiga qarshi maydonga tushsa, 25 yanvar kuni Rossiyaning 6 karra chempioni CSKA Moskva jamoasiga qarshi saf tortadi. 28 yanvar kuni esa "Dinamo" Rossiya Premier-ligasi vakili "Akron" bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Yigʻin doirasida rejalashtirilgan yana bir oʻyindagi raqib aniq boʻlgach, maʼlumot beriladi. "Dinamo" matbuot xizmati jamoaning BAAdagi yigʻinini toʻliq yoritib borishni rejalashtirgan", -deyiladi samarqandliklar xabarida.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!