"Dinamo" Toshkentda yig‘in boshlandi

  • 01.02.2026 19:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Dinamo" klubi ikki kunlik dam olishdan keyin bugun, 1 fevraldan Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga kirishdi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.

"Samarqand jamoasi 16-29 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida dastlabki oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida 4ta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazib qaytgach, 30-31 yanvar kunlari jamoaga dam berildi, 1 fevraldan esa poytaxtda tayyorgarlikni boshladi.

Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoamiz 1-6 fevral kunlari Toshkentdagi yigʻinda "Mashʼal" (3 fevral) va "Orol" (5 fevral) jamoalariga qarshi nazorat bahsida maydonga tushadi. 

6 fevral kuni esa Toshkent – Dubay aviareysi orqali ikkinchi xorij yigʻinini oʻtkazish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga joʻnab ketadi. BAAdagi yigʻin va raqiblar haqida yana batafsil maʼlumot beriladi", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!