Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Donnarumma tufayli jamoadoshi “Siti”dan ketadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U jamoaga sig‘may qoldi

“Manchester Siti” darvozabonlaridan biri Jeyms Trafford jamoadagi holatidan norozi va tez orada klubni tark etishi kutilyapti.

23 yoshli futbolchi aslida “shaharliklar” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Keyinchalik “Byornli”ga o‘tib ketgan golkiperni manchesterliklar o‘tgan yozda qayta sotib olgan edi.

Biroq yozgi transferlar davrining oxirgi kunida “Manchester Siti” rahbariyati PSJdan Janluiji Donnarummani transfer qilishni uddaladi. Shundan keyin Xosep Gvardiola darvozani qo‘riqlashni italiyalik posbonga topshirib kelmoqda.

Jurnalist Tayron Marshallning xabar berishicha, o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan Trafford boshqa klubga o‘tmoqchi. Endi angliyalik golkiper qishki transferlar vaqtida o‘ziga yangi jamoa topishga harakat qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q