Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Dunyodagi eng qimmat klublar ro‘yxati chiqdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Ular bilan tanishing

Xalqaro Brand Finance tahlil platformasi dunyodagi eng qimmat futbol klublari bo‘yicha navbatdagi reytingni e’lon qildi.

Tadqiqotga ko‘ra, brend qiymati bo‘yicha yetakchilikni yana «Real» saqlab qoldi. Madrid klubi 2,36 milliard yevro bilan ro‘yxatning birinchi pog‘onasini egalladi.

Ikkinchi o‘rinni 1,94 milliard yevro bilan «Barselona» egallagan. Uchinchi pog‘onada esa 1,51 milliard yevro qiymatga baholangan «Arsenal» joylashgan.

Keyingi o‘rinlardagi klublar quyidagicha taqsimlangan:

  1. «Bavariya» – 1,49 milliard yevro.
  2. «PSJ» – 1,48 milliard yevro.
  3. «Manchester Siti» – 1,46 milliard yevro.
  4. «Liverpul» – 1,45 milliard yevro.
  5. «Manchester Yunayted» – 1,42 milliard yevro.
  6. «Chelsi» – 941 million yevro.
  7. «Borussiya» Dortmund – 654 million yevro.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q