Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

EChL. "Liverpul" va "Inter" minimal hisobda zafar quchdi

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

Ikkita o‘yinda 2 ta gol

EChLning 3-turidan o‘rin olgan "Leyptsig" - "Liverpul" bahsida "qizillar" muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi. 

Uchrashuvdagi yagona golni 27-daqiqada Nunes urdi. Bu gol o‘yin yakunigacha yagonaligini saqlab qoldi. 

Mazkur g‘alaba mersisaydliklarni 2-o‘ringa olib chiqdi. "Leyptsig" esa 31-pog‘onaga joylashdi. 

"Inter" qiyin g‘alaba bilan uyga qaytdi. 

Bahsning 90+3-daqiqasida Tyuram "Yang Boyz" darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasiga 3 ochko taqdim etdi. 

Shu tariqa, milanliklar etti, Shveytsariya klubi 35-o‘ringa joylashdi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q