Edersonning transferi o‘xshamayapti
“Manchester Siti” rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Ederson Moraesni Turkiyaning eng qudratli klubi “Galatasaroy”ga bermayapti.
Braziliyalik darvozabonni so‘rab, “shaharliklar”ga 10 million evro badal puli taklif qilgan turklar hali ham maqsadiga eta olmadi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, manchesterliklar tajribali golkiper transferi uchun 25 million evro talab qilyapti.
Yana bir taniqli insayder Florian Plettenbergning yozishicha, turklar “Manchester Siti” darvozabonini uzoq kuta olmaydi. Ayni paytda istanbulliklar zaxira varianti sifatida “Portu” darvozaboni Diegu Koshtani olish variantini o‘rganib chiqyapti.
Manbaga ko‘ra, “Galatasaroy” portugaliyaliklar birinchi taklifni ham yuborishga ulgurdi. Ular 25 yoshli darvozabon uchun 20 million evro va qo‘shimcha bonuslar va’da qilyapti.
Transfermarkt portali ekspertlari Diogu Koshtani 40 million evroga baholagan.
Fikrlar