Elena Ostapenko ikkinchi davrada to‘xtadi
Zohir2018
Elena Ostapenkoning o‘yini qovushmadi
Latviyalik tennischi Elena Ostapenko "Mutua Madrid Open"ning yakkalik bahslaridagi ishtirokini ikkinchi davrada yakunladi.
Elena mazkur bosqichda gollandiyalik Kiki Bertensga qarshi kortga chiqib, kutilmaganda 4:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa musobaqaning uchinchi davrasiga yo‘l olgan Bertens, Madriddagi navbatdagi uchrashuvini latviyalik Anastasiya Sevastovaga qarshi o‘tkazadi.


Izohlar (0)