Endrik "Real"dan "Barselona"ga o'tishi mumkin

  • 02.08.2026 15:40
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mahalliy ommaviy axborot vositalari yozishicha, «Barselona» kutilmagan transfer ustida ish olib bormoqda.

Kataloniya klubi «Real» hujumchisi Endrikni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgani aytilmoqda. Braziliyalik futbolchi Karlos Espi jamoaga kelganidan so‘ng Madrid klubini tark etishi mumkin.

Endrikning amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevro atrofida baholangan. Hujumchi «Real» tarkibida jami 40 o‘yin o‘tkazib, yetti gol urgan va bir golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!