Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Endrik, sekin narsalarining yig‘ishtir!

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Mourinyoga bu futbolchi kerak emas

«Real» tarkibidagi yosh iste’dod jamoani tark etishi mumkin. Madriddning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourin’yo jamoaga yaqinda qo‘shilgan yosh braziliyalik hujumchi Endrikka hozircha to‘liq ishonch bildirmayotgani xabar qilinmoqda. 

Bu haqida Topskills Sports UK manbasi ma’lumot berdi.

Manbaga ko‘ra, Endrik qishki transfer oynasining o‘zidayoq jamoani tark etishi ehtimoli bor. «Real» mutasaddilari futbolchini ijaraga berib turish yoki umuman sotib yuborish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor.

Qiziqishi shundaki, yosh hujumchiga Angliyaning yetakchi klublaridan biri — «Liverpul» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi uning transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishishi mumkinligi aytilmoqda.

Endrikning «Real» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Ammo shu mavsumda u madridliklar tarkibida bor-yo‘g‘i bitta o‘yinda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi, xolos.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q