Eng kuchli sambochilar Toshkentda bellashadi
17-18 mart kunlari sambo bo‘yicha Milliy Olimpiya qo‘mitasi sovriniga bag‘ishlangan Respublika turniri bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatimizning har biri viloyatidan har bir vazn toifasida eng kamida 2, ko‘pi bilan 4 sportchi qatnashadi.
Mazkur bellashuvlarda erkaklar 9 vazn toifasida – 52, 57, 62, 68, 74, 82, 90, -100 va +100 kg. kuch sinashsa, ayollar esa 48, 52, 56, 60, 64, 68, 72, 80, +80 kg.da g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.
Musobaqalar Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida tashkil etiladi. Unda 2018 yilda bo‘ladigan Osiyo o‘yinlariga zaxira tarkib sportchilari aniqlab olinishi rejalashtirilgan.

Fikrlar