Eng zo‘r to‘purar vafot etdi

  • 13.05.2026 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Lion” tarixidagi eng yaxshi to‘purar Fleri Di Nallo 83 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Frantsiya klubi matbuot xizmati.

Frantsiya kubogining uch karra sohibi faoliyati davomida “Lion” safida 222 ta gol urgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Fleri Di Nallo yaqqol rekordchi hisoblanadi. To‘purarlar reytingida ikkinchi o‘rinda qayd etilgan Aleksandr Lyakazett hisobida 201 ta gol bor.

Fleri Di Nallo Frantsiya chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 187 ta gol bilan sakkizinchi o‘rinni egallagan.

Frantsiya milliy terma jamoasi safida Di Nallo 10 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!