Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Errol Spens navbatdagi jangini o‘tkazdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U WBC kamarini himoya qildi.

Profescional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (66.6kg) WBC va IBF chempioni  Errol Spens (27-0, 21 KO) o‘zining navbatdagi himoya jangini o‘tkazdi. PBC promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan boks oqshomida unga o‘z hamyurti Denni Garsiya (36-3, 21 KO) raqiblik qildi. To‘liq 12 raund davom etgan bahsda Errol Spens 116-112, 116-112, 117-111 hisobida g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov Errol Spensning IBF kamariga majburiy da’vogar hisoblanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q