Eshli Barti chorak finalga yo‘l oldi
Zohir2018
Mezbonlar vakili ishonchni oqlamoqda
Avstraliyaning Melburn shahrida o‘tayotgan musobaqaning yakkalik bahslari to‘rtinchi bosqichidan Eshli Barti muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Eshli o‘z yurtida o‘tayotgan Avstraliya ochiq chempionatining ushbu bosqichida amerikalik Elison Riskeni 6:3, 1:6, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
Endi Barti "Australian Open" turnirining 1/4 finali bosqichida chexiyalik Petra Kvitova bilan o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi.

Izohlar (0)