Etti karra chempion oʻziga yangi jamoa tanladi
Germaniya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Leon Goretskaning kelgusi faoliyati AQShda davom etishi mumkin.
Jurnalist va insayder Tom Bogertning yozishicha, futbolchi MLS ligasida ishtirok etuvchi "Chikago Fayr" klubi bilan muzokara olib bormoqda.
Goretska yaqinda Myunxenning "Bavariya" klubini tark etdi. Agar kelishuv amalga oshsa, u Illinoys shtati jamoasi safida "Barselona"ning sobiq hujumchisi Robert Levandovski bilan bir klubda to'p surishi mumkin. Shu bilan birga, bir qator evropalik klublar ham futbolchining kelajagiga qiziqish bildirmoqda.
31 yoshli Leon Goretska 2018 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U myunxenliklar tarkibida yetti marta Germaniya chempioni (2018/2019, 2019/2020, 2020/2021, 2021/2022, 2022/2023, 2024/2025, 2025/2026), uch marta Germaniya kubogi sohibi (2018/2019, 2019/2020, 2025/2026) va to'rt marta mamlakat Superkubogi g'olibi (2018, 2020, 2021, 2025) bo'ldi.
Shuningdek, Goretska "Bavariya" bilan birga Chempionlar ligasi (2019/2020), UEFA Superkubogi (2020) va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida (2020) g'alaba qozongan.

Fikrlar