
Evropa ligasining eng zo‘r to‘purarlari
UEFA tasnifidagi musobaqalar orasida Evropa Ligasining o‘z o‘rni bor. Statistika mutaxassislar ushbu xalqaro turnirda eng ko‘p gol urgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
E’tiboringizga Evropa Ligasining eng zo‘r to‘purarlari ro‘yxati havola etiladi:
Munas Dabbur – 24 ta gol.
Isroillik futbolchi Evropa ligasidagi gollarini Avstriyaning “”Zaltsburg” va Ispaniyaning “Sevmlya” klublarida kiritgan.
Romelu Lukaku – 26 ta gol.
Belgiyalik hujumchi Evropa Ligasidagi gollarini “Anderlext”, “Everton”, “Inter” va “Roma”da urdi.
Arits Aduris – 26 ta gol.
“Atletik” hujumchisi 2016 yili Evropa Ligasi doirasida bir uchrashuvda beshta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.
Radamel Falkao – 30 ta gol.
“Portu” va “Atletiko” safida o‘ynagan kolumbiyalik markaziy hujumchi Evropa ligasida atigi ikki mavsum o‘tkazgan va har ikkisida turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.
Per-Emerik Obameyang – 31 ta gol.
Gabonlik forvard bu natijaga erishish uchun beshta klub – “Lill”, “Borussiya Dortmund”, “Arsenal”, “Barselona”, “Marsel” safida gol kiritishiga to‘g‘ri keldi.
Fikrlar