Evropada Ronalduni oladigan superklub topildi
“An-Nasr”da tinimsiz gol urayotgan Krishtianu Ronalduning yana Evropaga qaytishi mumkinligi keyingi paytda juda ko‘p muhokama qilinmoqda.
Ayniqsa, 41 yoshli yulduz fevral oyi boshida Saudiya Arabistoni Professional ligasi rahbariyati qarorlariga norozilik bildirib, uchta uchrashuvni baykot qilganidan keyin bu masala yana avd oldi.
Garchi Ronalduning o‘zi kelajagi Saudiya Arabistoni bilan bog‘liq ekanini ta’kidlagan bo‘lsa-da, Football Insider nashri jurnalistlari Evropada Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor klublar bor.
Xususan, mashhur futbolchi atrofidagi vaziyatni “Chelsi” kuzatib bormoqda. “Chelsi” katta maosh oluvchi Ronalduni o‘z safiga qo‘sha oladigan Evropadagi kam sonli klublar biri. “Aristokratlar” rahbariyati superyulduzning jamoaga qo‘shilishi katta tijoriy foyda keltirishiga ishonmoqda.
Krishtianu Ronalduning “An-Nasr” bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan, uning transfer qiymati Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra 12 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar