Fabregas “Barsa” darvozabonini olib ketmoqchi

  • 8 avgust, 11:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”da yangi mavsum oldidan darvozabonlar muammosi yuzaga keldi. O‘tgan mavsum davomida asosiy darvozabon roliga da’vogarlik qilgan Inyaki Penya bosh murabbiy Xans-diter Flik bilan kelisha olmay qolgandi.

Tecno

Keyin safga qaytgan va yana jarohat tufayli davolanishga yo‘l olgan Mark-Andre ter Shtegenning ham klub bilan munosabati buzildi.

Xans-Diter Flik tez kunlarda boshlanadigan mavsumda yangi olingan golkiper Joan Garsiya va Voytsex Shchesniga tayanmoqchi. Biroq klub xali Joan Garsiyani qaydnomadan o‘tkazish imkonini topgani yo‘q.

Bu jarayonda Inyaki Penya ham klubni tark etadigan bo‘ldi. Penya bu qarorga ancha oldin kelgan. Uni murabbiylik faoliyatini “Komo”da o‘tkazayotgan Sesk Fabregas o‘z jamoasiga chorlayapti.

Football Italia nashrining ma’lum qilishicha, futbolchilik davrida “Barselona”da o‘ynagan Fabregas 26 yoshli darvozabonni hamkorlikka ko‘ndirishga harakat qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!