Farg‘onada o‘tayotgan xalqaro turnir qizg‘in pallada

CHERY AUTO

Farg‘ona shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida J60 tasnifiga kiruvchi nufuzli musobaqada chorak final ishtirokchilari aniqlandi.

Tecno

Turnirning ikkinchi davrasida hamyurtimiz Abdurahmon Karimov qozog‘istonlik Rodion Lukashovni 6:2, 6:4 hisobida taslim qildi va yarim final ostonasida boshqa bir qozog‘istonlik tennischi Arseniy Trebukin bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda vakilimiz Zlata Chinnova neytral tennischi Alisa Kodzebashni 4:6, 7:5, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Endi Zlata 1/4 finalda neytral tennischi Anastasiya Lepskaya bilan kuch sinashadi. 

Afsuski, chorak finalga yo‘l olgan hamyurtimiz Nigina Alimov kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi va musobaqa bilan xayrlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!